Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish rejasini ma’qulladi

eʼlon qilindi
Germaniya, Fransiya, Ispaniya kabi davlatlar Suriyadagi hokimiyat almashinuvi tufayli cheklovlarni qisman bekor qilishni qo‘llab-quvvatlamoqda
Foto: Depositphotos.com

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Bryusseldagi yigʻilishda Suriyaga qarshi sanksiyalarni bosqichma-bosqich yumshatish rejasini kelishib oldi. Germaniya, Fransiya, Ispaniya kabi davlatlar Suriyadagi hokimiyat almashinuvi tufayli cheklovlarni qisman bekor qilishni qoʻllab-quvvatlamoqda.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning soʻzlariga koʻra, fuqarolik parvozlarini soddalashtirish uchun aviakompaniyalarga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish va neft-gaz texnologiyalari eksportiga qoʻyilgan taqiqni qayta koʻrib chiqish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Bashar Asad va uning tarafdorlariga qarshi sanksiyalar oʻz kuchida qoladi. «Hayʼat Tahrir ash-Shom»ni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish masalasi esa BMT Xavfsizlik kengashida koʻrib chiqilishi kutilmoqda.

Sanksiyalar 2012-yilda neft embargosi, investitsiya cheklovlari va eksport taqiqlarini oʻz ichiga olgan holda joriy etilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Suriya davlat xizmatchilarining maoshini 400 foizga oshirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek