2024-yilda temir yo‘l transportida 10 millionga yaqin yo‘lovchilar tashildi

eʼlon qilindi
Bu ko‘rsatkich 1,8 foizlik o‘sishni ko‘rsatdi
Foto: dmitryi / depositphotos

2024-yilning yanvar – dekabr oylarida temir yo‘l transportida jami 9,8 million yo‘lovchi tashildi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 177,1 ming yo‘lovchiga ko‘pdir. Bu ko‘rsatkich 1,8 foizlik o‘sishni ko‘rsatdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, so‘nggi yillarda temir yo‘l transportidan foydalanish ko‘rsatkichlari doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Misol uchun, 2020-yilda mazkur ko‘rsatkich 6,15 million nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2023-yilda 9,6 million yo‘lovchiga yetgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 1-fevraldan temir yoʻl chiptalari narxi oshirilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek