Hindistonda diniy festivaldagi tiqilinch bir necha kishining umriga zomin bo‘ldi
Hindistonning Prayagraj shahrida dunyoning eng yirik diniy festivali – Maha Kumbh Mela paytida olomon orasida tiqilinch yuzaga kelib, bir necha kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, baryer qulab tushishi natijasida bir nechta odamlar jarohat olib, kasalxonaga yetkazilgan.
Chorshanba kuni Mauni Amavasya munosabati bilan millionlab ziyoratchilar muqaddas Triveni Sangam daryosida cho‘milish uchun yig‘ilgan edi. Guvohlarning aytishicha, hodisa kechasi sodir bo‘lib, odamlar sarosimaga tushgan.
Hindiston hukumati maxsus xavfsizlik choralarini ko‘rgan bo‘lsa-da, bunday tiqilinchlar mamlakatdagi yirik diniy tadbirlarda tez-tez yuz beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistondagi mahalliy festival vaqtida 46 nafar odam cho‘kib ketgan edi.