Pusan shahri aeroportida samolyot yonib ketdi

eʼlon qilindi
Jiddiy jarohatlanganlar yo‘q
Foto: Yonhap

Janubiy Koreyaning Pusan shahri aeroportida Air Busan aviakompaniyasiga tegishli samolyot bortida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Yonhap axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hech kim jiddiy jarohat olmadi.

Samolyot Gonkongga parvoz qilishi kerak edi. Yong‘in sodir bo‘lgan paytda bort jo‘nashga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.

Shunga qaramay olov deyarli butun samolyotni qamrab olgan bo‘lsa ham, ekipaj va yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi. Uch kishi yengil jarohat oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyadagi 179 kishi halok bo‘lgan aviahalokat yuzasidan Jeju Air tergovga tortilgan edi.

Shuningdek