Kim Chen In yadroviy qudratni oshirishga topshiriq berdi
eʼlon qilindi
AQSh va Janubiy Koreyaning harbiy mashg‘ulotlariga javoban

Shimoliy Koreya davlat rahbari Kim Chen In yadroviy material ishlab chiqaruvchi zavodga tashrif buyurib, mamlakat yadroviy salohiyatini mustahkamlash zarurligini ta’kidladi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Kim olimlar va mutaxassislarni yadroviy qurol ishlab chiqarish borasidagi sa’y-harakatlari uchun maqtadi. Pxenyan AQSh va Janubiy Koreyaning harbiy mashg‘ulotlariga javoban «keskin choralar» ko‘rishini e’lon qildi.

Ekspertlarning fikricha, Kim yadroviy qurollari va Rossiya bilan harbiy hamkorligi tufayli AQSh bilan muzokaralarda kuchliroq pozitsiyaga ega bo‘lishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya harbiy dronlarni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgan edik.