Mona Liza Luvr muzeyida alohida xonaga ko‘chiriladi

eʼlon qilindi
Tiqilinch va tartibsizlikni bartaraf etish uchun
Foto: Bertrand Guay/AFP/Getty Images

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Luvr muzeyini rekonstruksiya qilish va kengaytirish loyihasi doirasida Mona Liza uchun alohida xona ajratilishini e’lon qildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2031-yilgacha Sena daryosi yaqinida yangi kirish yo‘lagi ochiladi va yer ostida qo‘shimcha zallar barpo etiladi. Loyiha narxi 800 mln yevroga yetishi mumkin.

Foto: Antoine Boureau/Hans Lucas/AFP/Getty Images

Mona Liza alohida xonada maxsus chipta orqali tomosha qilinadi. Bu muzeydagi tirbandlikni kamaytirib, boshqa san’at asarlarini ham e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlaydi.

Luvr hozirda ancha eskirgan va ta’mirtalab bo‘lib, suv sizishi, issiqlik izolyatsiyasi va hojatxonalar yetishmovchiligi kabi muammolar mavjud. Yangi loyiha muzeyni yanada qulay va zamonaviy qilishiga umid qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil sarhisobi bo‘yicha Fransiya turistlar tashrifi bo‘yicha yetakchi davlatga aylangan edi. 

Shuningdek