2024-yilda 2,2 ming nafar xorij fuqarosi Oʻzbekistonga doimiy yashash uchun koʻchib oʻtdi, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Ma’lum qilinishicha, koʻchib kelganlarning asosiy qismini Rossiya 813 kishi (36,5 foiz) va Qozogʻiston 539 kishi (24,2 foiz) fuqarolari tashkil etdi.
Shuningdek, mamlakatga Tojikistondan 241 kishi (10,8 foiz), Qirgʻizistondan 153 kishi (6,9 foiz) va Turkmanistondan 55 kishi (2,5 foiz) fuqarolar koʻchib kelgan. Boshqa davlatlardan esa 428 kishi (19,1 foiz) kelgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2023-yilda oʻzbekistonliklar qaysi davlatlarga koʻchib oʻtgani haqida xabar bergan edi.