Turizm qo‘mitasi: O‘zbekistonga 12 million xorijlik tashrif buyuradi

eʼlon qilindi
O‘tgan yili respublikaga 10,2 million xorijlik tashrif buyurgan
Фото: Unsplash

Turizm qoʻmitasi 2025-yilda Oʻzbekistonga 12 million xorijiy sayyoh kelishini taxmin qilmoqda. Bu haqda sayyohlik agentliklari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot chog‘ida ma’lum qilindi.

Qoʻmita boshlig‘i Umid Shodiev joriy yilda respublikaga Rossiyadan 1 million nafargacha sayyohni jalb etish rejalashtirilganini ta’kidladi. 2024-yilda bu ko‘rsatkich 870 mingni tashkil qilgan.

Shuningdek, u mamlakatdagi mahalliy sayyohlar soni 23 million kishiga yetishini qo‘shimcha qildi.

Turizm qoʻmitasi turistik xizmatlar eksportini $3,5 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda, bu 2024-yildagi koʻrsatkichdan 9 foizga koʻpdir.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonga 10,2 million xorijlik tashrif buyurgan, bu 2023-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘pdir. Xitoydan kelgan mehmonlar soni 1,8 barobar, Italiyadan 1,5 barobar, Hindistondan kelganlar soni 1,6 barobarga oshdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fransiya turistlar tashrifi bo‘yicha yetakchi davlatga aylangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek