Xitoy va Hindiston Rossiya neftini xarid qilishni toʻxtatdi

eʼlon qilindi
Bu haqda Reuters treyderlarga tayanib, xabar bermoqda
Foto: Reuters

Xitoy va Hindiston AQSh sanksiyalari ta’sirida yuk tashish narxining oshishi sababli mart oyidagi yetkazib berishlardan boshlab Rossiya nefti xaridini toʻxtatadi. Bu haqda Reuters treyderlarga tayanib, xabar bermoqda.

Rossiyaning Tinch okeanidagi Kozmino portidan eksport qilinadigan ESPO nefti narxi ICE Brent bilan solishtirganda barreliga $3-5 ga qimmatlashdi. Bunga Aframax tipidagi tankerlar uchun yuk tashish stavkalarining keskin oshishi sabab boʻldi.

10-yanvar kuni AQSh Rossiyaning neft va gaz eksportiga zarba beruvchi keng qamrovli sanksiyalar paketini joriy qildi. Bu cheklovlar Gazprom Neft va Surgutneftegaz hamda Rossiya neftini tashiyotgan 180 dan ortiq tankerlarga taalluqli edi. Natijada yuk tashish narxlari oshdi, Xitoy va Hindiston esa sanksiyalangan kemalarni qabul qilishdan voz kecha boshladi.

Ma’lumot uchun, 2024-yilda Hindiston neft importining 36 foizi va Xitoy importining qariyb 20 foizi Rossiya hisobiga toʻgʻri kelgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xitoyning davlat va xususiy neft kompaniyalari AQSh sanksiyalari tufayli Eron va Rossiyadan yetkazib berishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan uzilishlarga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek