30-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Havo harorati pasayadi
Foto: Pexels.com

30-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo, asosan, biroz bulutli bo‘ladi. Bu haqda «O‘zgidromet» agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ayrim hududlarda, jumladan, Toshkent shahri va viloyatida hamda Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida biroz qor yog‘ishi mumkin.

Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab ayrim joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol g‘arbdan 5-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, Qashqadaryo va Surxondaryoda esa kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa kechasi 7-12°, kunduzi 2-7° sovuq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek