Mingga yaqin o‘zbekistonlik AQShning deportatsiya ro‘yxatiga tushdi
AQShdan 1,4 mln.ga yaqin muhojir deportatsiya qilinishi rejalashtirilmoqda, ulardan mingga yaqini o‘zbekistonlik. Bu haqda AQShning Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati Fox News telekanaliga ma’lum qildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, deportatsiya ro‘yxatiga 975 nafar O‘zbekiston fuqarosi kiritilgan.
Shuningdek, 369 nafar Qozog‘iston, 149 nafar Tojikiston va 319 nafar Qirg‘iziston fuqarolari ham ushbu ro‘yxatga tushgan. Bundan tashqari, 337 nafar sobiq SSSR fuqarolari ham deportatsiya qilinishi kutilmoqda.
Qaysi davlatlarning fuqarolari deportatsiya qilinmoqda
Davlat | Deportatsiya qilinadigan fuqarolar soni |
---|---|
O‘zbekiston | 975 |
Qozog‘iston | 369 |
Tojikiston | 149 |
Qirg‘iziston | 319 |
Sobiq SSSR fuqarolari | 337 |
Ma’lumot uchun, deportatsiya ro‘yxatida raqamlar bo‘yicha «yetakchi» davlat Gonduras bo‘lib, uning 261,6 ming aholisi ushbu ro‘yxatdan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Falastinni qo‘llab-quvvatlagan namoyishchi talabalarni deportatsiya qilinishi bo‘yicha farmon imzolanganini yozgan edik.