Ahmad al-Sharo‘o Suriyaning muvaqqat prezidenti etib tayinlandi

eʼlon qilindi
Mamlakatda vaqtinchalik qonun chiqaruvchi kengash ham tuziladi
Foto: Mosa’ab Elshamy/AP

Suriyaning amaldagi rahbari, sobiq al-Qoida a’zosi Ahmad al-Sharo‘o o‘tish davri uchun prezident etib tayinlandi va Suriyaning konstitutsiyasi to‘xtatildi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, u o‘tish davrida Suriya Arab Respublikasining prezidentlik vazifalarini bajarib, xalqaro maydonda mamlakatni himoya qiladi.

Ma’lumot uchun, Al-Sharo‘o 2011-yilda Bashar al-Asad rejimiga qarshi harbiy hujumni boshqargan va shundan so‘ng Hay’at Tahrir al-Sham (HTS) guruhini tashkil qilgan. Endi uning vazifasi o‘n yildan ortiq davom etgan fuqarolik urushidan so‘ng Suriyani tiklashdir.

Sharo‘o, shuningdek, vaqtinchalik qonun chiqaruvchi kengash tuzish va yangi konstitutsiya qabul qilinmaguncha o‘tish davrini boshqarish vakolatiga ega. Mamlakatning konstitutsiyasi to‘xtatilib, parlament va Baas partiyasi tarqatilgan. U mamlakatni qayta tiklash va siyosiy o‘tish jarayonini boshlashga va’da berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya davlat xizmatchilarining maoshini 400 foizga oshirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek