Alibaba Cloud O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

eʼlon qilindi
Elektron xizmatlar bo‘yicha
Foto: Ctech.com

Alibaba Group kompaniyasiga O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Alibaba Cloud (Singapore) Private Limited QQS to‘lovchisi sifatida mamlakat hududida ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar bo‘yicha soliq majburiyatlarini bajaradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar QQS to‘lovchisi bo‘lishi shart. Bunga qadar esa jami 65 ta chet el internet-kompaniyalari ro‘yxatdan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yilda Oʻzbekiston bozoriga qaysi xorijiy brendlar kirib kelgani haqida yozgan edik.

Shuningdek