Chevrolet Cobalt Qozogʻistonda eng ko‘p sotilgan avtomobilga aylandi
eʼlon qilindi
2024-yil yakunlari bo‘yicha
2024-yilda Chevrolet Cobalt Qozogʻistonda eng koʻp sotilgan avtomobilga aylandi. Bu haqda «Qozogʻiston avtomobil tarmogʻi korxonalari ittifoqi» hisobotida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, oʻtgan yili qozogʻistonliklar 25 537 ta Cobalt sotib oldi, bu esa umumiy sotilgan avtomobillarning 12,4 foizini tashkil etadi. Chevrolet Cobalt narxi 7,65 million tengedan ($14,8 ming) boshlanadi.
Brendlar orasida Chevrolet 30 927 ta sotilgan avtomobil bilan ikkinchi oʻrinni egallab, Hyundaiʼdan keyin joylashdi. Hyundai brendi hisobiga esa 44 218 ta sotilgan avtomobil toʻgʻri keladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Chevrolet Cobaltʼning Rossiyadagi narxi haqida ma’lumot bergan edi.