Hamzat Chimayevning yangi murabbiyi o‘zbekistonlik Husan Majlimov bo‘ladi
Hamzat Chimaevning UFC chempionlik jangi uchun tayyorgarlikdagi murabbiyi o‘zbekistonlik Husan Majlimov bo‘ladi. Rossiyalik jangchi Dubaydagi TKMMA zalida o‘zbekistonlik ustoz bilan tushgan suratini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, Majlimov – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchisi, qo‘l jangi va kikboksing bo‘yicha O‘zbekistonning o‘n karra chempioni. U 2006-yilda kikboksing bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan. Shuningdek, u 12 yillik murabbiylik tajribasiga ega.
Chimyaev bu yil UFC o‘rta vazn toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Hozirgacha u MMA’da 14 ta g‘alabaga erishgan, ulardan beshtasi nokaut bilan yakunlangan.
Rossiyalik jangchining hal qiluvchi jangdagi raqibi amaldagi jahon chempioni, Janubiy Afrikalik Drikus du Plessi yoki amerikalik Shon Striklend bo‘lishi mumkin. Bu 8-fevral kuni Sidneydagi jang natijasiga bog‘liq bo‘ladi.
Amerikalik jangchi allaqachon bo‘lajak raqibini haqorat qilib, Chimayevning erkaklik fazilatlariga shubha qilgan hamda uni kriptovalyuta firibgarligida ayblagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC 311 turnirida Bogdan Guskov raqibini ikkinchi raundda mag‘lub etgani haqida yozgan edik.