Oʻzbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi yana tushdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
11,33 so‘mga tushdi
Foto: Viacheslav Bublyk / Unsplash

30-yanvar kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 11,33 soʻmga tushib, 12 957,01 soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 895 – 12 950 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 970 – 13 030 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 6,60 so‘mga pasayib, 13 485,66 so‘mni tashkil etdi. Rossiya rubli esa 0,19 so‘mga pasayib, 132,13 so‘mga teng bo‘ldi.

Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.

Shuningdek