Oliy ma’lumotli kadrlar uchun davlat buyurtmasi yangi tartibda shakllantiriladi

eʼlon qilindi
Har yili mehnat bozori tendensiyaga mos ravishda yangilanadi
Foto: Inp.one

Hukumat qaroriga ko‘ra, oliy ma’lumotli kadrlar uchun davlat buyurtmasi maxsus elektron platforma orqali shakllantiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab, buyurtma mehnat bozori talabini tahlil qilish asosida belgilanadi. Kadrlar ehtiyoji 4 yillik davrga ishlab chiqilib, har yili bozor tendensiyalariga mos ravishda yangilanadi.

Platformaga iqtisodiyot tarmoqlarida band aholining rasmiy ma’lumotlari, OTM bitiruvchilarining ishga joylashish statistikasi va mehnat resurslari balansi kabi ko‘rsatkichlar kiritiladi.

Mazkur nizom doirasida davlat buyurtmasini shakllantirish, ish beruvchilarning ehtiyojlarini aniqlash hamda iqtisodiyot tarmoqlari uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilash tartibi ishlab chiqiladi.

2025-yildan boshlab, 4 yillik davlat buyurtmasi parametrlari har yili 1-mayga qadar davlat komissiyasiga taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda «Yashil belgi» ekologik markirovkalash tizimi joriy qilinishi haqida yozgan edik.

Shuningdek