Oʻzbekiston 2027-yildan kartoshkaga boʻlgan ehtiyojni ichki imkoniyatlar bilan qoplashni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
400 milliard so‘m ajratiladi
Foto: Viktor108 / www.depositphotos.com

Oʻzbekiston 2027-yildan kartoshkaga boʻlgan ehtiyojni ichki imkoniyatlar bilan qoplashni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 30-yanvar kuni tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda malum qilindi.

Ta’kidlanishicha, 290 ming gektarda ekilgan kartoshkaning serhosil navlarini yaratish va mahsulotlarni qayta ishlash uchun 400 milliard soʻm ajratiladi.

Shuningdek, yigʻilishda soʻnggi yetti yilda 5 milliondan ortiq xonadonlar 508 ming gektar tomorqa yerlariga ega boʻlib, ularga 2,3 trillion soʻm imtiyozli kredit va 265 milliard soʻmlik subsidiyalar ajratilgani ta’kidlandi. Natijada tomorqachilikda hosildorlik ikki baravarga oshib, 38 tonnaga yetgan.

Oʻzbekistonda dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida yangi holding — «Uzagrostar» tashkil etilib, bu holding 15 ta kompaniya va 72 ta tumanni qoʻllab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, yer soligʻi tizimi, kreditlar va grantlar boʻyicha yangi imtiyozlar joriy etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qishloq xoʻjaligi vazirligi kartoshka narxi oshishi boʻyicha xabarlarga izoh bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek