O‘zbekiston Fransiyaga eksportni ikki baravar oshirdi va importni qisqartirdi
Bugun Toshkentda Oʻzbekiston – Fransiya biznes forumi ish boshladi. Forumda ma’lum qilinishicha, 2024-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $1,13 mlrd.ni tashkil etgan, bu 2023-yildagiga nisbatan 13,7%ga koʻp. Respublika Fransiyaga eksport hajmini ikki barobarga oshirgan, deb xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.
Toshkentda O‘zbekiston va Fransiya ishbilarmon doiralari vakillarini birlashtirgan O‘zbekiston – Fransiya biznes forumi iqtisodiy sheriklikni mustahkamlash va ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsion hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
Eksport $ 795,1 mln (+98,6%), import esa $336,1 mln (-43,5%) tashkil etdi. So‘nggi 7 yil ichida tovar aylanmasi deyarli 5 barobar oshdi (2017-yil – $251,6 ).
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Fransiyadan investorlar ishtirokidagi 50 ta korxona faoliyat yuritmoqda, shu jumladan, 28 ta qo‘shma korxona va 22 ta korxona yuz foiz fransuz kapitaliga ega. Kompaniyalar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qurilish va turizm sohasi, xizmatlar va qishloq xo‘jaligi hisoblanadi.
Toshkentda O‘zbekiston va Fransiya ishbilarmon doiralari vakillarini birlashtirgan O‘zbekiston – Fransiya biznes forumi davom etmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fransiyaning turistlar tashrifi bo‘yicha yetakchi davlatga aylangani haqida yozgan edi.