Toshkent metropoliteni 270 milliondan ortiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib, rekord qo‘ydi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2024-yil sarhiboga ko‘ra
Foto: Tashtrans.uz

Toshkent metropoliteni 2024-yilda 270,3 mln yo‘lovchini tashidi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Bu 2023-yilga nisbatan 98,3 mlnga yoki 57,2 foizga ko‘proq bo‘lib, shahar jamoat transportiga bo‘lgan talabning ortib borayotganini ko‘rsatadi.

YilYo‘lovchilar soni (mln)O‘sish (%)
202038,8
2021101,8162,3%
2022136,734,3%
2023172,025,8%
2024270,357,2%

So‘nggi yillarda yo‘lovchilar oqimi sezilarli darajada oshib, 2020-yilda 38,8 mln, 2021-yilda 101,8 mln, 2022-yilda 136,7 mln, 2023-yilda esa 172 mlnni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent metrosiga yana zamonaviy poyezdlar keltirilgan edi. 

Shuningdek