Yettita bank United Ventures venchur fondini tashkil etdi

eʼlon qilindi
Mahalliy startaplarni investitsiyalar orqali qo‘llab-quvvatlash maqsadida
Foto; LinkedIn/Azizbek Kurbanov

O‘zbekistonda kapitali $40 mln bo‘lgan United Ventures venchur fondi tashkil etildi. Fondning bosh direktori lavozimiga sobiq Sug‘urta Bozor hamrah bosh direktori Azizbek Kurbanov tayinlandi.

Uning ta’kidlashicha, yaqin haftalarda United Ventures yangi tashabbuslarni taqdim etadi va inkubatsiya hamda akseleratsiya dasturlarini tashkil etuvchilarni hamkorlikka taklif qiladi.

Mazkur fond mahalliy startaplarni investitsiyalar, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari orqali qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

United Ventures ta’sischilari quyidagi banklar hisoblanadi: «Asakabank», «Mikrokreditbank», NBU, Xalq banki, «Agrobank», Biznesni rivojlantirish banki va «Turonbank». Har bir bank fondning 14,28% ulushiga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekiston fond bozori: «Turonbank» aksiyalari deyarli 20 foizga pasaygan edi.

Shuningdek