Aviakompaniyalar tomonidan iste’molchilarga yetkazilgan zarar qoplanishi ta’minlandi
2024-yil davomida respublikamizda faoliyat olib borayotgan aviakompaniyalarning xizmat sifati bo‘yicha 240 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan. O‘rganish natijasida iste’molchilar foydasiga 220 mln so‘m qayta hisob-kitob qilindi, deya xabar bermoqda Raqobat qo‘mitasi.
Misol o‘rnida, fuqaro S.T. «Toshkent – Namangan» yo‘nalishida 24-noyabr kuni HY-93 reysiga elektron chipta xarid qilgan. U 06:00 da aeroportga yetib borgan, biroq parvoz avvaliga 09:20, so‘ng 10:20 ga ko‘chirilgan. 5 soat kutish zalida qolib ketgan yo‘lovchilarga dam olish xonasi, ovqat va ichimlik suvi taklif etilmagani sababli shikoyat yo‘llagan.
O‘rganish natijasida Uzbekistan Airways HY-93 reysi ob-havo yomonligi sababli 5 soat 54 daqiqa kechikkanini tasdiqladi. Shu sababli 22 nafar yo‘lovchiga chipta puli qaytarib berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Raqobat qoʻmitasi Ucell kompaniyasini jarimaga tortgan edi.