Endi otalar ham farzand tug‘ilganda haq to‘lanadigan ta’til olishlari mumkin

eʼlon qilindi
Bu bo‘yicha qonun loyihasi ma’qullandi
Foto: Pexels.com

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Mehnat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hujjatga ko‘ra, otalar farzand tug‘ilganda haq to‘lanadigan ta’til olish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, ish joyida har qanday tazyiq va zo‘ravonlik turlarini ta’qiqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Ish joyida zo‘ravonlik yoki tazyiqqa uchraganlarga ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha haq to‘lanadigan ta’til berish taklif etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yilda O‘zbekistonda qancha chaqaloq tug‘ilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek