Qarshida litsenziyasiz Umra tashkil etgan kompaniyaga 75 mln so‘m jarima solindi

eʼlon qilindi
Ruxsatsiz faoliyat yuritish qonunbuzarlik hisoblanadi
Foto: Pexels.com

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tekshiruvlari natijasida Qarshi shahrida joylashgan «Maqbul Tur» MChJ litsenziyasiz Umra tadbirini tashkil etgani aniqlandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kompaniyaga 75 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Ma’lumot uchun, Umra tadbirlarini tashkil etish uchun litsenziya talab etiladi. Ruxsatsiz faoliyat yuritish qonunbuzarlik hisoblanib, og‘ir jarimalarga sabab bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Umra tadbirlarini litsenziyasiz tashkil etgan subyektlarga nisbatan jarima qoʻllanilgan edi.

Shuningdek