Nodirbek Yakubboyev hind shaxmatchisidan uzr so‘ragani bordi — video

eʼlon qilindi
Qo‘l bilan ko‘rishmagani sababli
Foto: X ijtimoiy tarmog‘idan

O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyevning hindistonlik raqibasi Rameshbabu Vaishali bilan o‘yin oldidan qo‘l berib ko‘rishmagani uchun borib, uzr so‘radi. Bu haqda sportchi o‘zining X tarmog‘idagi sahifasiga joyladi.

Video: X ijtimoiy tramog‘idan

Ma’lumot uchun, Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan Tata Steel Challengers turnirida shaxmatchimiz hindistonlik raqibasi Rameshbabe Vaishali bilan diniy e’tiqodi sababli qo‘l siqishdan bosh tortganidan so‘ng ko‘plab tanqid va muhokamalar ostida qolgan edi.

Shundan keyin, Nodirbek X sahifasida quyidagicha izoh bergan:

«Vayshali bilan o‘yin oldidan yuzaga kelgan holatga izoh bermoqchiman. Men ayollarni va hindistonlik shaxmatchilarni chuqur hurmat qilaman, lekin diniy prinsiplarim tufayli ayollar bilan jismoniy aloqa qilishdan qochaman. Men Vayshali va uning akasini Hindistonning ajoyib shaxmatchilari sifatida hurmat qilaman. Agar mening xatti-harakatim unda yoki boshqalarda salbiy his-tuyg‘ularni keltirib chiqargan bo‘lsa, uzr so‘rayman.»

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nodirbek Abdusattorov turnirlarda qancha pul ishlab olgani haqida yozgan edik. 

Shuningdek