Oʻzbekiston va Ozarbayjon ikki davlat fuqarolarining ID-kartalarini chegaradan oʻtish uchun rasmiy hujjat sifatida tan olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu sa’y-harakat sayohatlarni yengillashtirish va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
«ID-kartalardan foydalanish Oʻzbekiston va Ozarbayjon fuqarolariga chet el pasportini olmasdan turib chegarani kesib oʻtish imkonini beradi, bu esa sayohat qilish qulayligini oshiradi va mamlakatlar oʻrtasidagi integratsiyani mustahkamlaydi», – deyiladi xabarda.
Shuningdek, mazkur qarorning qabul qilinishi Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik aloqalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir koʻrsatishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ozarbayjonlik tadbirkor Chorvoqda Sea Breeze Uzbekistan sayyohlik markazini qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.