Yangiliklar

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

18,04 so‘mga oshdi
Фото: Ronak Ramnani / Unsplash

31-yanvar kuni AQSh dollarining rasmiy kursi 18,04 so‘mga oshib, 12 975,05 soʻmni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 895 – 12 930 soʻmdan sotib olayotgan boʻlsa, 12 960 – 13 020 soʻm oraligʻida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 12,37 so‘mga pasayib, 13 473,29 so‘mni tashkil etdi. Rossiya rubli esa 0,25 so‘mga oshib, 132,38 so‘mga teng bo‘ldi.

Kursiv Uzbekistanʼga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 soʻmga yetishi mumkin.