2024-yilda O‘zbekiston bo‘ylab temir yo‘l orqali jo‘natilgan yuk hajmi 73,9 mln tonnaga yetdi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu 2023-yilga nisbatan 100,3% o‘sish sur’atini ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda yuk tashish hajmi muntazam oshib bormoqda: 2020-yilda 70,6 mln tonna, 2021-yilda 72,0 mln tonna, 2022-yilda 73,4 mln tonna, 2023-yilda 73,7 mln tonna, 2024-yilda esa 73,9 mln tonnani tashkil etdi.
Yuk tashish hajmining ortishiga temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, logistika jarayonlarini optimallashtirish va xalqaro transport yo‘laklarini kengaytirish kabi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda. Transport vazirligi temir yo‘l transportining samaradorligini oshirish va barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yilda temir yo‘l transportida 10 millionga yaqin yo‘lovchi tashilgan edi.