Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahkumlarni o‘zaro topshirishga kelishib oldi
eʼlon qilindi
Qirg‘izistonda 97 nafar O‘zbekiston fuqarosi jazoni o‘tamoqda
Qirg‘iziston va O‘zbekiston sudlangan fuqarolarni vatanga qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Mazkur qonun loyihasi Qirg‘iziston parlamenti — Jogorku Kenesh tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Qirg‘iziston Bosh prokurori o‘rinbosari Umutkan Qonquboyevaning ma’lumotiga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda Qirg‘izistonning 42 nafar fuqarosi, Qirg‘izistonda esa 97 nafar O‘zbekiston fuqarosi jazoni o‘tamoqda. Ushbu kelishuv doirasida ular o‘z vatanlarida jazoni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, mahkumlarni almashish bo‘yicha rasmiy bitim 2024-yil 18-iyul kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda mahkumlar uchun elektron brasletlar ishlab chiqarilishi haqida xabar bergan edi.