Qozogʻistondan Rossiyaga eksport qilingan tovuq go‘shtida xavfli bakteriya aniqlandi
«Rosselxoznadzor» mutaxassislari Qozogʻistondan Rossiyaga yetkazilgan tovuq goʻshtida listeriya bakteriyasini aniqladi. Ushbu bakteriya inson salomatligiga jiddiy xavf tugʻdirib, oʻlimga olib kelishi mumkin.
Listeriya «Makinskaya ptitsefabrika» tomonidan yetkazilgan mahsulot tarkibida topilgan. Mazkur fabrika Oʻzbekiston va Qirgʻizistonga ham tovuq yetkazib beradi. Barnaul shahrida olingan namunalarning laboratoriya tekshiruvi natijasida bakteriya mavjudligi tasdiqlandi.
Musodara qilingan goʻsht ortga qaytarildi, Qozogʻistondan keltirilgan barcha mahsulotlarga kuchaytirilgan nazorat joriy etildi. Shuningdek, Rossiya hukumati boshqa yetkazib beruvchilarga ham qattiq talablar qoʻymoqda.
Listeriya bakteriyasi listerioz kasalligini keltirib chiqarib, markaziy asab tizimi va reproduktiv organlarni zararlaydi. Xavf guruhiga homilador ayollar, keksalar va immuniteti zaif kishilar kiradi. Kasallikning yashirin davri 90 kungacha davom etishi mumkin.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondan olib kelingan 18 tonna zararlangan pomidor Rossiyaga kiritmagani haqida xabar bergan edi.