Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri ogʻir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi
eʼlon qilindi
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Hidoyatov Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining yangi raisi boʻldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati maʼlum qildi.
Milliy olimpiya qoʻmitasida federatsiyaning 2024-yilgi faoliyat yakunlari va 2025-yil rejalari muhokama qilingan hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Sherzod Hidoyatov federatsiya rahbarligiga saylandi.
Sherzod Hidoyatov 1980-yil 20-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1998-yilda Oliy xoʻjalik sudining Tashkiliy-nazorat boshqarmasida boshlagan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston ogʻir atletika terma jamoasi jahon chempionatida kuchli uchlikdan joy olgani haqida xabar bergan edi.