UFC prezidenti Dana Uayt Adolf Gitlerni qo‘llab-quvvatlagan jangchini qoraladi
UFC prezidenti Dana Uayt amerikalik jangchi Brys Mitchellning Adolf Gitlerni maqtagani va antisemitik izohlar bergani uchun keskin qoraladi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Uayt Mitchellning gaplarini «eng yomon va johilona» fikr deb atadi va Gitlerning insoniyat tarixidagi eng yovuz shaxslardan biri ekanini ta’kidladi:
«Hayotim davomida juda ko‘p ahmoqona va nodon gaplarni eshitganman, lekin bu – eng yomoni. Gitler haqida gap ketganda, u olti million yahudiyni qirg‘in qilgani va butun bir xalqni yer yuzidan yo‘q qilishga uringanini unutmaslik kerak».
Shunga qaramay Uayt UFC jangchini jazolamasligini bildirdi, chunki bu so‘z erkinligi tamoyiliga zid keladi.
Ma’lumot uchun, Mitchellning homiylaridan biri bu voqeadan keyin u bilan hamkorlikni to‘xtatganini e’lon qildi.