Vazirlar Mahkamasi xotin-qizlarni pillachilik sohasiga jalb qilish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Bandlik vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun pillachilik sohasi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilib, bitiruvchilar ipak qurti urug‘chiligi va pillachilik xo‘jaliklariga ishga joylashtiriladi.
Shuningdek, Xitoy, Vyetnam, Hindiston va Yaponiya mutaxassislari o‘quv kurslariga jalb qilinadi. Fuqarolar bandligi Yangiish.mehnat.uz platformasida qayd etilib, doimiy monitoring yuritiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq og‘ir ahvoldagi mahallalarda quyosh fotoelektr stansiyalari barpo etilishi haqida yozgan edik.