AQSh Kanada va Meksikadan importga 25 foiz boj solishi mumkin
eʼlon qilindi
1-fevraldan boshlab joriy etilishi mumkin
1-fevraldan AQSh Kanada va Meksikadan importga 25 foiz boj solishi mumkin. Buni AQSh prezidenti Donald Tramp buni «fentanil oqimi va katta savdo taqchilligi» bilan izohladi.
«Biz bojlarni bir qator sabablarga koʻra kiritmoqdamiz: noqonuniy migratsiya, narkotrafik va ulkan savdo taqchilligi tufayli», — dedi Tramp 30-yanvar kuni.
Uning aniqlik kiritishicha, vaqt oʻtishi bilan tarif oshishi mumkin. AQSh prezidenti Kanada neftiga soliq solish imkoniyatini ham koʻrib chiqmoqda. Qaror xomashyo narxlariga bogʻliq boʻladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp BRIKSʼning dollardan voz kechishiga qanday javob berishgani haqida xabar bergan edi.