Yangiliklar

AQShda tibbiy samolyot halokatga uchradi

Bortda olti kishi bo‘lgan
Foto: Reuters

Juma kuni Filadelfiyada bortida olti kish boʻlgan tez tibbiy yordam samolyoti halokatga uchradi. Jet Rescue Air Ambulance kompaniyasi hozircha tirik qolganlar borligini tasdiqlay olmasligini ma’lum qildi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/02/ssstwitter.com_1738369416125.mp4

Samolyot aholi zich joylashgan hududda qulab tushdi va kuchli yongʻinga sabab boʻldi. Guvohlarning aytishicha, layner portlashdan oldin keskin pastga shoʻngʻigan.

Meksika hukumati ma’lumotlariga koʻra, bortdagilarning barchasi Meksika fuqarolari boʻlgan. Kompaniya vakilining ta’kidlashicha, ekipaj tajribali va samolyot yaxshi texnik holatda boʻlgan.

Pensilvaniya gubernatori Josh Shapiro halok boʻlganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi, AQSh prezidenti Donald Tramp esa voqeani fojia deb atadi.

Halokat sabablari hozircha noma’lum. Halokat paytida mintaqada yomgʻir yogʻib turgan va koʻrish darajasi past boʻlgan. Samolyot Missuridagi Springfild-Branson aeroportiga yoʻl olgan. Fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi surishtiruv boshladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Vashingtonda yo‘lovchi samolyot vertolyot bilan to‘qnashgani haqida xabar bergan edi.