Yangiliklar

Bundestag migratsiya siyosatini kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasini rad etdi

350 nafar deputat tashabbusga qarshi ovoz berdi, 338 nafari uni qo‘llab-quvvatladi, 5 nafar deputat esa betaraf qoldi
Foto: AFP

Bundestag muxolifatdagi «XDS/XSS» partiyalarining migratsiya siyosatini qat’iylashtirishga qaratilgan qonun loyihasini rad etdi.

Qonun loyihasi noqonuniy migratsiyani kamaytirish, federal politsiyaga deportatsiya boʻyicha kengroq vakolat berish va maqomi cheklangan qochoqlar uchun oilaviy birlashuvni taqiqlashni nazarda tutgan edi.

Shunga qaramay 29-yanvar kuni parlament «XDS/XSS»ning migratsiya siyosatini kuchaytirish boʻyicha rezolyutsiyasini qabul qildi, ammo u majburiy kuchga ega emas. Germaniya kansleri Olaf Shols bu tashabbusga qarshi chiqib, boshpana huquqi mamlakatning huquqiy tizimining ajralmas qismi ekanini ta’kidladi.

Muhokamalar ortidan Berlinda ommaviy norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. «XDS» shtabi oldida olti mingga yaqin kishilar yigʻilib, qonun loyihasiga norozilik bildirdi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bundestag Sholsga nisbatan ishonchsizlik votumini chiqargani haqida xabar bergan edi.