Ukrainada 30 ga yaqin Markaziy Osiyo fuqarosi asirga tushgan
eʼlon qilindi
Asirga tushganlar qaysi davlat fuqarosi ekani aniq koʻrsatilmagan
Ukraina adliya vaziri Olga Stefanishinaning maʼlumotiga koʻra, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri Markaziy Osiyoning 30 ga yaqin fuqarosi Ukraina harbiylari tomonidan asirga olingan.
Vazirlikka koʻra, asirlarning fuqaroligi asosan ularning soʻzlariga tayanib aniqlanadi, chunki hujjatlar koʻpincha mavjud boʻlmaydi. Barcha asirlar xalqaro va milliy qonunlarga muvofiq bir xil huquqiy maqomga ega boʻlib, fuqarolik bu maqomga taʼsir qilmaydi.
Xabarda asirga tushganlar qaysi davlat fuqarosi ekani aniq koʻrsatilmagan.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistan BMTning Ukrainadagi yadroviy inshootlar xavfsizligi bo‘yicha rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qolgani haqida xabar bergan edi.