Ukraina adliya vaziri Olga Stefanishinaning ma’lumotiga koʻra, Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan buyon Markaziy Osiyoning 30 ga yaqin fuqarolari Ukraina harbiylari tomonidan asirga olingan.
Vazirlikka koʻra, asirlarning fuqaroligi asosan ularning soʻzlariga tayanib aniqlanadi, chunki hujjatlar koʻpincha mavjud boʻlmaydi. Barcha asirlar xalqaro va milliy qonunlarga muvofiq bir xil huquqiy maqomga ega boʻlib, fuqarolik bu maqomga ta’sir qilmaydi.
Xabarda asirga tushganlar qaysi davlat fuqarosi ekani aniq koʻrsatilmagan.
Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan BMTning Ukrainadagi yadroviy inshootlar xavfsizligi bo‘yicha rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qolgani haqida xabar bergan edi.