Yangiliklar

2024-yilda Ukrainani qancha odam tark etgani ochiqlandi

Ukrainaga ommaviy qaytish 2026-yildan boshlanishi mumkin
Foto: vikabest88@gmail.com / depositphotos.com

Ukraina Milliy bankining axborot hisobotidagi ma’lumotlarga koʻra, 2024-yil oxiriga kelib, Ukrainadan migratsiya oqimi 500 ming kishini tashkil etgan.

Ma’lum qilinishicha, aholining chiqib ketishi ishchi kuchi yetishmasligi va ichki iste’mol talabining qisqarishiga olib kelishi kutilmoqda. Chiqib ketish sabablari sifatida xavfsizlik muammolari, elektr ta’minotidagi uzilishlar, safarbarlik va boshqalar keltirilgan.

Markaziy bankning prognozlariga koʻra, Ukrainaga ommaviy qaytish 2026-yildan boshlanishi mumkin va ushbu yilda 200 ming muhojirning qaytishi kutilmoqda. Hukumat qaytishga harakat qilish va mamlakatdagi xavflarni kamaytirish uchun tadbirlar koʻrishi zarur.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ukrainada 30 ga yaqin Markaziy Osiyo fuqarolari asirga tushgani haqida xabar bergan edi.