Ford Motor Company avtomobil eshiklarini kalitsiz ochish imkonini beruvchi path-based passiv kirish tizimi uchun patent oldi, deb xabar beradi Ford Authority.
Unga ko‘ra, mazkur patent 2023-yil 17-iyulda topshirilgan bo‘lib, 2025-yil 23-yanvarda nashr etildi va 20250026307 seriya raqamiga ega.
Tizim mobil qurilmalar yordamida ishlaydi. Agar avtomobil egasi smartfoni bilan ma’lum masofaga yaqinlashsa, tizim uni avtomatik aniqlaydi, autentifikatsiya o‘tkazadi va eshiklarni ochadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD ilk bora Ford’ni sotuvlar bo‘yicha ortda qoldirgan edi.