NASA DeepSeek sun’iy intellektidan foydalanishni taqiqladi

NASA Xitoyning DeepSeek sun’iy intellektidan foydalanishni taqiqladi. Bunga milliy xavfsizlik va maxfiylik bo‘yicha xavotirlar sabab bo‘ldi. Bu haqda IXBT ma’lum qildi.
DeepSeek ChatGPT va Gemini’ga raqobatchi bo‘lib, yaqinda App Store’da yetakchi o‘ringa chiqdi. Biroq, uning foydalanuvchi ma’lumotlarini yig‘ish siyosati xalqaro regulyatorlarning e’tiboriga tushdi.
NASA’dan tashqari, AQSh Harbiy-dengiz kuchlari va Kongress Vakillar palatasi ham DeepSeek’dan foydalanishni chekladi. NASA’ning ta’kidlashicha, ushbu texnologiyadan davlat tarmoqlari va qurilmalarida foydalanish taqiqlangan, chunki uning serverlari AQShdan tashqarida joylashgan.
Mutaxassislarning fikricha, bu muammo faqat DeepSeek’ga emas, balki barcha sun’iy intellekt tizimlariga, jumladan, OpenAI kabi kompaniyalarga ham tegishli.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alibaba Qwen 2.5-Max sun’iy intellektini chiqardi va DeepSeek-V3 dan o‘zib ketgan edi.