Yangiliklar

Noqonuniy ovchilar 50 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Muzrabot va Sho‘rchi tumanlarida
Foto: Ekologiya vazirligi

Surxondaryo viloyatida noqonuniy ov qilish bilan shug‘ullangan fuqarolarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Ekologiya boshqarmasi va Milliy gvardiya tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Muzrabot va Sho‘rchi tumanlarida ruxsatsiz ov qilayotgan shaxslar aniqlandi.

Mazkur shaxslar O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlarini qo‘pol ravishda buzganliklari sababli ularning har biriga 7,5 mln.dan, jami 52,5 mln so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda «Yashil belgi» ekologik markirovkalash tizimi joriy qilingan edi.