2025-yil O‘zbekistonda 272 mingta doimiy ish joyi yaratiladi
Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, prezident 2025-yilni kambag‘allikni kamaytirish va bandlikni oshirishda hal qiluvchi yil, deb atadi.
Bu yil 5,2 mln kishini ish bilan ta’minlash, 1,5 mln odamni kambag‘allikdan chiqarish, $42 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilish va eksportni $30 mlrd.dan oshirish rejalashtirilgan. Yanvar oyida 277 ming fuqaro ishli bo‘ldi, shundan 91 mingi doimiy ish topdi.
Shuningdek, Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi yondashuvlar joriy etilmoqda. Investitsiyalarni jalb qilish ham ustuvor yo‘nalishlardan bo‘lib, fevralda $3 mlrd investitsiya olib kelish va 623 ta loyihani ishga tushirish mo‘ljallangan.
Prezident eksport hajmini oshirish, xorijiy hamkorlar bilan ishlash va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev elektr tannarxini pasaytirish bo‘yicha vazifa bergan edi.