Ozarbayjon poytaxti Bokuda Bugatti Baku dilerlik markazi ochildi. Bu haqda kompaniya ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Nazar Holdings tomonidan boshqariladigan ushbu markaz Bugatti brendining dunyodagi eng katta saloni bo‘lib, u Turkiya, Gruziya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iziston bozorlariga xizmat ko‘rsatadi.
Tantanali ochilish marosimida Bugattining yangi Tourbillon giperkari ilk bor Markaziy Osiyoda namoyish qilindi. Mehmonlar shuningdek, Baby Bugatti Centenary Edition, Chiron va Veyron modellarini ko‘rish imkoniga ega bo‘lishdi.
Tadbir Heydar Aliyev markazida davom ettirildi, bu yerda Bugatti Residences by Binghatti loyihasi va Jacob & Co. Tourbillon soati ham taqdim etildi. Bugatti Baku nafaqat avtomobillar, balki hashamat va innovatsiyalar markazi sifatida faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bugatti Centodieci dunyodagi eng qimmat avtomobilga aylanishi mumkinligi haqida yozgan edik.