Buyuk Britaniya sun’iy intellekt yordamida bolalar zo‘ravonligi tasvirlarini yaratishni taqiqlaydi

eʼlon qilindi
Besh yilgacha qamoq jazosi belgilandi
Foto: Cna.com

Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellekt yordamida bolalar zo‘ravonligi tasvirlarini yaratish va tarqatishga qarshi qat’iy qonun qabul qiladi. Bu haqda The Guardian nashri ma’lum qildi.

Yangi qonunga ko‘ra, bunday tasvirlarni yaratish, saqlash yoki tarqatish uchun AI vositalaridan foydalanish jinoyat hisoblanadi va aybdorlar besh yilgacha qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

Shuningdek, AI texnologiyalaridan buzg‘unchi maqsadlarda foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalarni saqlash ham noqonuniy bo‘ladi. Huquq-tartibot idoralari jinoyatchilarni aniqlash va jazolash uchun qo‘shimcha vakolatlarga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi yilda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan bolalar zo‘ravonligi tasvirlari keskin oshdi. Mutaxassislar bunday tasvirlar haqiqiy jinoyatlarga yetaklashidan xavotirda. Britaniya hukumati bu texnologiyalarni tartibga solib, bolalar xavfsizligini ta’minlashni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq

Shuningdek