Endi «Fast-track» xizmatidan foydalanuvchilar bojxona nazoratidan navbatsiz o‘tadi

eʼlon qilindi
Hukumatning 44-son qaroriga binoan
Foto: Roman Fedotov/Kursiv Uzbekistan

Jismoniy shaxslarning davlat chegarasidan o‘tishi va yuk tashish jarayonlari yanada osonlashtirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Endilikda «Elektron navbat» tizimi joriy etilib, avtomobillarning chegaradan o‘tish tartibi belgilandi. Navbatni bojxona qo‘mitasining rasmiy sayti yoki maxsus kutish zonalarida olish mumkin.

Belgilangan vaqtda yetib kelmagan transport vositalarining elektron navbati bekor qilinadi.

Shuningdek, «Fast-track» xizmati tartibi tasdiqlandi. Ushbu xizmatdan foydalanuvchilar bojxona nazoratidan navbatsiz o‘tadi.

Xizmat uchun to‘lov 18-yoshdan katta har bir shaxs uchun BHMning 15% miqdorida belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, sal avvalroq O‘zbekistonda yangi bojxona yig‘imlari tasdiqlangan edi.

Shuningdek