Eron Oʻzbekistonga neft eksportini 18 foizga oshirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2024-yil mart – dekabr oylarida
Foto: DeminPan / Depositphotos

Oʻzbekiston 2024-yil 20-martdan 20-dekabrgacha Erondan $292 millionlik neft sotib oldi. Bu haqda Trend nashri Eron bojxona ma’muriyati ma’lumotlariga tayanib, xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, neft yetkazib berish hajmi oʻtgan yilga nisbatan 18 foizga oshgan. Miqdor jihatidan mamlakatga neft importi 14 foizga koʻpayib, 364 ming tonnadan 414 ming tonnaga yetdi.

Eron Oʻzbekistonga neftdan tashqari neft-kimyo mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, quvurlar, qishloq xoʻjaligi texnikasi va boshqa tovarlarni eksport qilgan. Ushbu davr mobaynida ikki davlat oʻrtasidagi tovar aylanmasining umumiy hajmi $358 millionni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, 2024-yilda Eron bilan tovar aylanmasi hajmi $497 millionga yetgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston 2024-yil yakunlariga koʻra Fransiyaga eksportni ikki baravarga oshirgani haqida ma’lumot bergan edi.

Shuningdek