Oʻzbekiston Markaziy bankining oltin quymalari narxi haftani navbatdagi rekord bilan boshladi. 3-fevral holatiga koʻra, qimmatbaho metallning besh grammlik quymasi deyarli 5,99 million soʻmga teng boʻldi.
Shuningdek, oʻn grammlik oltin quymalar uchun 11,98 mln soʻm, yigirma grammlik quymalar uchun 23,96 mln soʻm, ellik grammlik quymalar uchun 59,89 mln soʻm etib belgiladi. 100 grammlik quymalarning narxi qariyb 119,78 million soʻmga yetdi.
Meksika, Kanada va Xitoy tovarlarining AQShga importiga bojlar joriy etilishi tufayli jahon oltin kotirovkalari yana koʻtarildi. Bojlar toʻgʻrisidagi farmonni AQSh prezidenti Donald Tramp imzoladi.
Sarmoyadorlar yuqori bojlar inflyatsiyaning tezlashishiga va iqtisodiy oʻsishning sekinlashishiga olib kelishidan xavotirda. Shu bilan birga, bozorning himoya aktivlariga qiziqishi ortib bormoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh Panamadan mintaqadagi Xitoy ta’sirini kamaytirishni talab qilgani haqida yozgan edi.