Yangiliklar

O‘zbekiston mudofaa qobiliyati yanada mustahkamlanadi – prezident

Bu bo‘yicha topshiriq berildi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yig‘ilishda milliy armiyani zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash hamda mudofaa sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda xususiy sektor imkoniyatlaridan foydalanish, muhandis-texnik kadrlar tayyorlash, shuningdek, harbiy mutaxassislarni eng yangi texnika va qurol-yarog‘dan samarali foydalana oladigan darajada tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Prezident milliy armiyani yanada mustahkamlash, mudofaa sanoatini rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yil O‘zbekistonda 272 mingta doimiy ish joyi yaratilishi haqida yozgan edik.