O‘zbekiston va Iordaniya vizasiz rejim bo‘yicha kelishuvga erishdi

eʼlon qilindi
Diplomatlar uchun
Foto: Baxtiyor Saidov Teelegram kanali

O‘zbekiston va Iordaniya hukumat vakillari hamkorlik bo‘yicha ikkita hujjat imzoladi. Ulardan biri diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim joriy etilishini nazarda tutadi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov.

Unga ko‘ra, uchrashuv davomida Saidov Iordaniya bosh vaziri, tashqi ishlar va muhojirlar ishlari vaziri Ayman Safadi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Shuningdek, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolandi.

Saidov ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning «katta salohiyati» borligini ta’kidlab, turizm oqimini oshirish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va birodar shaharlar o‘rtasida munosabatlarni mustahkamlash yo‘nalishlarini muhim deb baholadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilgan edi.

Shuningdek